add

Xitoy 2028 yilda Marsga robot dron yuborishni rejalashtirmoqda

26.06.2025 | 10:2042112

«Tianven-3» ekspeditsiyasi doirasida dron to‘plagan toshlar Yerga qaytariladi.

Xitoy 2028 yilda Marsga robot dron yuborishni rejalashtirmoqda
Xitoy 2028 yilda Marsga uchuvchisiz dron yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Nature Astronomy» nashri xabar berdi. «Tianven-3» ekspeditsiyasi doirasida dron Mars yuzasiga qo‘ngan platformada 100 metr masofagacha parvoz qilib, hayot izlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlarni yig‘adi. Bu dron robot qo‘l bilan jihozlanadi va yig‘ilgan namuna keyinchalik Yerga yuboriladi. Shuningdek, burg‘u va robot qo‘llar yordamida Mars tuprog‘ini 2 metrgacha chuqurlikda qazish rejalashtirilgan. Ekspeditsiya 2031 yilgacha kamida 500 gramm tuproq namunalarini Yerga yetkazishni maqsad qilgan. Olimlar mazkur tashabbus orqali Marsda hayot mavjud bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlashga umid qilmoqda. Dastur Marsni har tomonlama o‘rganish, kosmik namunalarni qaytarish va kelajakdagi ekspeditsiyalar uchun ilmiy asos yaratish maqsadini ko‘zlagan. Eslatib o‘tamiz, yaqinda kosmik chiqindilarni bartaraf etish bo‘yicha yangi texnologiya ishlab chiqilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid