add

Xitoy «Starlink qotili»ni yaratdi

Bugun 08:301 daqiqa

Xitoyda Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqarishga qodir mikroto‘lqinli qurol ixtiro qilindi.

Xitoy «Starlink qotili»ni yaratdi

Xitoylik olimlar quvvati 20 gigavattga teng bo‘lgan dunyodagi ilk mikroto‘lqinli qurolni ishlab chiqdi. Bu haqda «South China Morning Post» nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu qurilma bir daqiqa davomida uzluksiz ishlash hamda past Yer orbitasidagi Starlink sun’iy yo‘ldoshlariga zarba berish imkoniyatiga ega.

«TPG1000Cs — bu bir daqiqa davomida 20 gigavatt quvvat berishga qodir qudratli mikroto‘lqinli qurollar uchun mo‘ljallangan dunyodagi birinchi ixcham generatordir», — deyiladi xabarda.

Mazkur qurol Shensi provinsiyasining Sian shahridagi Shimoli-g‘arbiy yadro texnologiyalari instituti muhandislari tomonidan yaratilgan. Qurilmaning uzunligi to‘rt metrni, vazni esa taxminan besh tonnani tashkil etadi. Gazetaning ta’kidlashicha, u yuk mashinalari, harbiy kemalar yoki hatto sun’iy yo‘ldoshlarga o‘rnatish uchun yetarli darajada ixchamdir.

Xitoylik ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yertusti mikroto‘lqinli qurol past Yer orbitasidagi Starlink sun’iy yo‘ldoshlariga jiddiy shikast yetkazishi yoki ularni butunlay yo‘q qilishi mumkin.

Gazetaning aniqlik kiritishicha, hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan shunga o‘xshash tizimlar to‘xtovsiz uch soniyadan ortiq ishlay olmaydi va hajmi jihatidan ancha katta.

Teglar

Mavzuga oid