add

Xitoylik ishbilarmonlar O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlik qilmoqchi

Chjetszyan provinsiyasi kompaniyalari vakillari O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini tejash sohalarida hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirmoqda.

Xitoylik ishbilarmonlar O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlik qilmoqchi
Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashi mumkin. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi. O‘zbekistonning Shanxaydagi bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Chjetszyan provinsiyasi rasmiylari va biznes tuzilmalari ishtirokida biznes-simpozium tashkil etildi. Ushbu tadbirda ikki tomonlama investitsiya imkoniyatlari, savdo-iqtisodiy va turizm salohiyati haqida taqdimot o‘tkazildi . Chjetszyan provinsiyasi sanoati, «yashil» energetika, energiyani tejash va yangi materiallar ishlab chiqarish sohasida rivojlanayotgan hudud sifatida e’tirof etildi. Xitoylik ishbilarmonlar, ayniqsa, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va suvni tejash sohalarida loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildirgan. Tadbirda Xitoyning O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi «Holley Group» kompaniyasi vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Ular Xitoy biznesi uchun O‘zbekistonda yaratilgan sharoitlar ijobiy ekanini alohida qayd etishdi. Yig‘ilish yakunida Chjetszyan provinsiyasi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga biznes safari tashkil etilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoylik ishbilarmonlar O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlik qilmoqchi | Vaqt.uz