
Xitoyning AQSHga eksporti may oyida ham qisqardi, boshqa bozorlarda o‘sish davom etmoqda
10.06.2025 | 19:0028902
Xitoyning AQSH bilan savdo urushidan keyingi eksport hajmi may oyida ham pasayishda davom etdi. Aprel oyida eksport 13,4 foizga kamaygan bo‘lsa, mayda ham shunga o‘xshash tendensiya qayd etildi. Biroq Xitoy boshqa Osiyo mamlakatlariga eksportni faol oshirmoqda.

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning yozishicha, Viyetnam, Tailand, Singapur, Malayziya va Indoneziya singari mamlakatlar Xitoy eksportining asosiy manziliga aylandi. Bu esa Xitoy mahsulotlarining AQSHga bevosita emas, balki uchinchi davlatlar orqali kirib borayotganini ko‘rsatadi. Masalan, aprel oyida Singapurdan AQSHga import 21,4 foizga o‘sib, 0,6 mlrd dollarga yetgan — bu AQSHning ikkinchi eng yirik o‘sish qayd etgan hamkori bo‘ldi.
Indoneziya va Viyetnam ham Xitoy tovarlarining yangi tranzit nuqtalari sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Bunday yo‘nalish orqali AQSH tomonidan joriy qilingan bojlardan chastichnыy chetlanish ehtimoli kuchaymoqda.
Xitoyning boshqa mintaqalarga eksporti ham ortib borayotgani ushbu mamlakatda ortiqcha taklif shakllanib, ichki narxlar tushayotganini ko‘rsatadi. Bu esa eksportbop tovarlarni arzonlashtirib, tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirmoqda.
O‘z navbatida, Xitoy mahsulotlarining ommaviy ravishda import qilinishi importchi mamlakatlarda narx bosimini pasaytirmoqda. Bu holat ayniqsa import inflyatsiyasiga qarshi kurashda ayrim davlatlar uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.





