add

Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?

30.06.2025 | 11:1536985

O‘zbekistonda 1-3 iyul kunlari asosan havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +20...+43 daraja bo‘lib, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 2-3 iyulda ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1 va 3 iyulda 20-25 daraja, 2 iyulda +22...+27 daraja, kunduzi 1 iyulda +36...+41 daraja; 2 iyulda +32...+37 daraja, ba’zi joylarda +41 daraja gacha, 3 iyulda +30...+35 daraja bo‘ladi. Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 iyulda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +36...+41 daraja, 2-3 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +38...+43 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida esa havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 1 iyulda +34...+39 daraja, 2-3 iyulda +36...+41 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi 1 iyulda +37...+42 daraja, 2-3 iyulda +38...+43 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 3 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja,  kunduzi 1 iyulda +32...+37 daraja, 2-3 iyulda +33...+41 daraja bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17°, kunduzi 1 iyulda +25...+30 daraja, 2-3 iyulda +27...+32 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid