
10 oyda 114,8 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan
2025 yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari Toshkent shahri va Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

2025 yilning dastlabki 10 oyida O‘zbekistonda 114,8 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi — 22,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Samarqand viloyati 15,5 trln so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Toshkent viloyati 15,4 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan unga yaqin natijani qayd etgan.
Keyingi o‘rinlarda esa:
— Buxoro viloyati – 8,5 trln so‘m;
— Farg‘ona viloyati – 8,3 trln so‘m;
— Qashqadaryo viloyati – 8,1 trln so‘m;
— Andijon viloyati – 6,6 trln so‘m;
— Navoiy viloyati – 6 trln so‘m;
— Namangan viloyati – 6 trln so‘m;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 5,2 trln so‘m;
— Xorazm viloyati – 4,5 trln so‘m;
— Sirdaryo viloyati – 4,2 trln so‘m;
— Jizzax viloyati – 2,6 trln so‘m;
— Surxondaryo viloyati – 2,5 trln so‘m.
2025 yil oxiriga qadar ishlab chiqarish hajmi yana oshib borishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sanoat korxonalarida oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasi yetakchilik qilayotganligi haqida xabar berilgan edi.





