Logo

17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Bugun 14:411 daqiqa

U Rossiyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi © Bojxona qo’mitasi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gashishni qabul qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

O‘tazilgan tezkor tadbirda 2009-yilda tug‘ilgan, ya’ni voyaga yetmagan shaxs Rossiyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

photo_2026-09-19_20-33-39



Jo‘natma xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, uning ichidagi 4 dona konserva qutilariga 852,2 gramm gashish giyohvandlik vositasi yashirilgani aniqlangan.

Shuningdek, o‘smirning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u yerdan elektron tarozilar, narkotik moddalarni tarqatishga mo‘ljallangan «zip» paketchalari hamda izolentlar topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Boxjona ma’lumotiga ko‘ra, 852,2 gramm gashish o‘rta hisobda 60 ming dozadan oshadi. Ushbu hajmdagi narkotik moddaning qora bozordagi qiymati salkam 600 ming dollarni tashkil qiladi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Teglar

Mavzuga oid