
24-dekabr kuni havo harorati +12 daraja bo‘lishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» ertaga O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

24-dekabr O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +2...+12 daraja atrofida bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...+1 darja iliq, kunduzi +6...+8 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...-6 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand hamda Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja iliq, ba’zi joylarda -5...-7 daraja, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-3 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu haftada O‘zbekistonda atmosfera inversiyasi sabab havo yana ifloslanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.





