add

9-dekabrdan metroning uch yo‘nalishidagi kassalar yopiladi

Bugun 13:01791 daqiqa

Toshkent metropoliteni «Yerusti halqa yo‘li», «Paxtakor» va «Alisher Navoiy» bekatlarida naqd to‘lov kamaygani sabab kassalar yopilishini ma’lum qildi.

9-dekabrdan metroning uch yo‘nalishidagi kassalar yopiladi

Toshkent metropoliteni 9-dekabrdan boshlab «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi barcha 14 ta bekatda, shuningdek, markaziy «Paxtakor» va «Alisher Navoiy» bekatlarida kassalarni to‘xtatishini ma’lum qildi. Qarorga asosiy sabab sifatida ushbu nuqtalarda naqd pul orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar ulushining juda past ekani ko‘rsatilgan.

Metropoliten matbuot xizmatining qayd etishicha, bekatlardagi kassalar o‘rniga yangi infokioskalar o‘rnatilib, ular orqali QR kodli chiptalarni xarid qilish imkoni yaratilgan. Mazkur apparatlar yo‘lovchilar oqimini tezroq o‘tkazish, jonli navbatlarni qisqartirish va to‘lov jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Yangi tizim orqali olingan chiptalarni mobil telefonda saqlash yoki qog‘ozga chop etilgan shaklda qo‘llash mumkin. Metropoliten bu orqali to‘lov infratuzilmasini raqamlashtirish va ekspluatatsion xarajatlarni qisqartirishni ko‘zlamoqda.

Metrodagi kassalar bosqichma-bosqich yopib borilmoqda: iyul oyida 13 ta bekatning bittadan vestibyulida kassa faoliyati tugatilgani ma’lum qilingan edi. Shu bilan birga, yil oxirigacha kassa operatori va katta operator lavozimlari to‘liq bekor qilinishi aytilgan.

Teglar

Mavzuga oid