add

9 oy mobaynida qariyb 13 ming nafar o‘zbekistonlik AQSHga ketdi

2025 yilda AQSHga turizm maqsadida chiqqan o‘zbekistonliklar soni o‘tgan yilga nisbatan 1,1 ming nafarga oshdi.

9 oy mobaynida qariyb 13 ming nafar o‘zbekistonlik AQSHga ketdi

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2025 yilning 9 oyida AQSHga sayohat qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni 12 953 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 1,1 ming nafarga yoki 9,3 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklarning aksariyati AQSHga turizm va shaxsiy sayohat maqsadida borayotgani kuzatilmoqda. Safar qilganlarning asosiy qismi, ya’ni 9 236 kishi sayohat uchun AQSHga borgan.

Shuningdek, 3 114 nafar fuqaro qarindoshlarini yo‘qlash uchun, 304 nafar talaba o‘qish maqsadida hamda 273 nafari esa xizmat safari uchun AQSHga tashrif buyurgan. Davolanish uchun borganlar soni 26 nafarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yil 1 yanvardan boshlab AQSH fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz qolishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

9 oy mobaynida qariyb 13 ming nafar o‘zbekistonlik AQSHga ketdi | Vaqt.uz