Logo

Abdulla Aripov Qirg‘izistonga bordi

Kecha 22:401 daqiqa

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari tor hamda kengaytirilgan tarkibda uchrashuv o‘tkazadi.

Abdulla Aripov Qirg‘izistonga bordi © Foto: kg.akipress.org

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ikki tomonlama tadbirlarda ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga bordi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston hukumati rahbarini «Issiqko‘l» xalqaro aeroportida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev kutib oldi. 23-iyun kuni Kasimaliyev va Aripov hamraisligida Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish

Ikki davlat vakillarining rejalashtirilgan uchrashuvi tor va kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishlar davomida tomonlar Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Hukumatlararo komissiya ishi yakunlari bo‘yicha qator qo‘shma ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid