add

Amazon Nyu Yorkda 700 nafarga yaqin xodimni ishdan bo‘shatmoqda

Bugun 22:22962

Amazon Nyu Yorkdagi to‘qqizta ofis yopilmasligi, ishdan bo‘shatishlar faqat korporativ lavozimlarga tegishli ekanini, ombor va yetkazib berish xodimlari bu jarayondan chetda ekanini ta’kidladi.

Amazon Nyu Yorkda 700 nafarga yaqin xodimni ishdan bo‘shatmoqda

Nyu York shtati Mehnat departamentiga beriladigan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Manhettenda joylashgan to‘qqizta ofisda jami 660 nafar xodim ishidan ayriladi. Eng ko‘p qisqartirish Amazon’ning Manhattan West ofisi va Fifth Avenue’da joylashgan sobiq Lord&Taylor binosidagi New York Tech Hub’da amalga oshiriladi.

Ishdan bo‘shatishlar 28-oktabrda boshlangan va barcha xodimlarga bu haqda ma’lum qilingan.

 

«Tashkilotimizda sodda tuzilma talab etiladi»

Amazon’ning HR va texnologiyalar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Bet Galetti xodimlarga yo‘llagan maktubida bunday qarorni quyidagicha izohlagan:

«Biz soddaroq, kamroq iyerarxik va ko‘proq mas’uliyatga ega tashkilot bo‘lishimiz kerak. Mijozlarimiz uchun tezroq harakat qilishga majburmiz», — dedi u.

Amazon bosh direktori Endi Jessi 2021 yilda Jeff Bezosdan lavozimni qabul qilganidan beri HR, bulut texnologiyalari va reklama kabi sohalarda ko‘plab qisqartirishlarga rahbarlik qilgan.


Amazon’dan kompensatsiya va ko‘mak

Kompaniya ishdan bo‘shatilgan xodimlarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishini ma’lum qildi:

  • 90 kunlik oldindan ogohlantirish muddati,

  • qonunda belgilangan kompensatsiya to‘lovlari,

  • tibbiy xarajatlar uchun yakkalik to‘lov,

  • bepul kasbiy o‘quvlar va yangi ish topishda yordam.

Amazon Nyu Yorkdagi to‘qqizta ofis yopilmasligini, ishdan bo‘shatishlar faqat korporativ lavozimlarga tegishli ekanini, ombor va yetkazib berish xodimlari bu jarayondan chetda ekanini ta’kidladi.

 

Texnologiya kompaniyalarida qisqartirishlar tendensiyasi

Muttaxassislarning ta’kidlashicha, bu qaror so‘nggi bir yil ichida yirik texnologiya kompaniyalarining umumiy qisqartirish yo‘nalishiga mos keladi. Korxonalar bozor sharoitiga moslashish va sun’iy intellekt yo‘nalishiga ko‘proq sarmoya kiritish maqsadida korporativ shtatni qisqartirmoqda.

Shu qisqartirishlarga qaramasdan, Amazon Manhettendagi ofislari va butun shtat bo‘ylab logistika markazlari orqali Nyu Yorkdagi eng yirik xususiy ish beruvchilardan biri bo‘lib qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Amazon Nyu Yorkda 700 nafarga yaqin xodimni ishdan bo‘shatmoqda | Vaqt.uz