AQSH vizasini olib berish evaziga pora olgan shaxs ushlandi

Bugun 17:071 daqiqa

AQSH vizasini olib berish evaziga 75 ming dollar pora olgan shaxs qo‘lga olindi.

AQSH vizasini olib berish evaziga pora olgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida AQSHga biznes viza olib berish va’dasi bilan 75 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. o‘zini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari borligini aytib, fuqaro M.O.ga AQSHga borish uchun biznes viza rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U mazkur xizmat evaziga 75 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida ushbu sxemaning boshqa ishtirokchilari bor-yo‘qligi ham o‘rganilmoqda.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid