Asilbek Xudayarov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi

Bugun 20:171 daqiqa

Uning o‘rniga Eldor Adilov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

Asilbek Xudayarov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Eldor Adilov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq Eldor Adilov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Prezidentning yana bir farmoni bilan Asilbek Xudayarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga oid