Biznes uchun kreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?
Markaziy bank yangi hafta uchun yuridik shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yangilangan foiz stavkalarini e’lon qildi.

Markaziy bankning 2026-yil 4-may holatiga ko‘ra, yuridik shaxslar uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi. Yangi haftada yuridik shaxslar uchun kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari biroz pasayib, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun o‘rtacha stavka 23,2 foizni, asosiy vositalar xaridi uchun esa 22,9 foizni tashkil etgan. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 23,5 va 23,4 foiz darajasida qayd etilgan edi.
Yangi haftada aylanma mablag‘larni to‘ldirish segmentida foizlar 20,8 foizdan 34,0 foizgacha oraliqda shakllangan. Bu yo‘nalishda eng past stavka «Milliy bank»da (20,8 foiz), «Orient Finans bank»da (21,1 foiz) va «Aloqabank»da (21,4 foiz) qayd etilgan. Shuningdek, «KDB bank» (21,5 foiz), «Mikrokreditbank» (22,0 foiz) va «Ipotekabank» (22,3 foiz) ham nisbatan maqbul shartlarni taklif qilmoqda.
O‘rta segmentda stavkalar asosan 23–25 foiz oralig‘ida joylashgan. Jumladan, «Xalq banki» (22,5 foiz), «Hamkorbank» (23,2 foiz), «Trastbank» (23,5 foiz), «Agrobank» (23,7 foiz), «Ziraatbank» (23,8 foiz), «Apex bank» (24,0 foiz) va «Infinbank» (24,1 foiz) shu guruhga kiradi.
Yuqori segmentda esa farq ancha katta. «Ipak Yo‘li bank» va «BRB» (24,2 foiz), «Davr bank» va «Kapitalbank» (24,4 foiz), «Tengebank» (24,8 foiz) hamda «Asia Alliance bank» (24,9 foiz) stavkalari qayd etilgan. Eng yuqori foizlar «TBC bank»da (34,0 foiz), «Madad Invest bank»da (29,5 foiz) va «Anor bank»da (28,4 foiz) kuzatildi.

Asosiy vositalarni xarid qilish uchun ajratiladigan kreditlarda esa stavkalar 20,2 foizdan 27,5 foizgacha bo‘lgan. Bu segmentda eng past stavka «Trastbank»da (20,2 foiz), «Milliy bank»da (20,3 foiz) va «Xalq banki»da (20,5 foiz) qayd etildi. Shuningdek, «Orient Finans bank» (20,8 foiz), «Asia Alliance bank» (21,1 foiz) va «Turon bank» (21,7 foiz) ham nisbatan past stavkalarni taklif qilmoqda.
O‘rta segmentda «SQB» (22,1 foiz), «Mikrokreditbank» (22,8 foiz), «Aloqabank» (23,0 foiz), «Ipotekabank» va «BRB» (23,1 foiz), «Agrobank» (23,3 foiz), «Asakabank» (23,5 foiz) hamda «Infinbank» (23,6 foiz) joy olgan.
Yuqori segmentda esa «Hamkorbank» (24,5 foiz), «Ipak Yo‘li bank» (24,6 foiz), «Davr bank» (24,7 foiz) va «Kapitalbank» (24,9 foiz) qayd etilgan. Eng yuqori stavka «Garant bank»da — 27,5 foiz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari haqida ma’lumot bergan edik.





