
BMTda O‘zbekiston ishtirokida Falastinning taqdiri bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi
BMT Bosh Assambleyasi falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini yana bir bor tasdiqlovchi qarorni ovozga qo‘ydi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, shu jumladan mustaqil Falastin davlatini tashkil etish huquqi, yana bir bor tasdiqlandi. Hujjat ovozga qo‘yildi va xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
«Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi» nomli qaror loyihasi yetti davlat tomonidan tayyorlangan. Hujjat BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi doirasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.
Rezolyutsiyani O‘zbekistonni ham qo‘shgan holda 164 mamlakat qo‘llab-quvvatladi. Isroil va AQSHni o‘z ichiga olgan sakkiz davlat qarshi ovoz berdi, to‘qqiz davlat esa betaraf qoldi.





