Boylar narxlar oshishini ko‘proq sezmoqda

Bugun 20:001 daqiqa

20 mln so‘mdan ko‘proq topadiganlar inflatsiyani 14,4 foiz darajada sezganini aytmoqda. Rasmiy inflatsiya esa bu davrda 7,3 foizni tashkil qildi.

Boylar narxlar oshishini ko‘proq sezmoqda

Fevral oyi yakunlariga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan sezilarli o‘zgarishlarsiz saqlanib qolib (-0,1 foiz), 11,6 foizni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank so‘rovnomasidan ma’lum bo‘ldi.

Bunda sezilgan inflatsiya darajasining yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida, nisbatan past darajasi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi.

Poytaxtdan tashqari Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchilar narxlar oshishini mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ko‘proq sezmoqda.

So‘rovnomada qatnashganlar yanvar-fevral oylarida eng ko‘p go‘sht va sut mahsulotlari narxlari sezilarli o‘sdi deb hisoblagan. Keyingi o‘rinlarda benzin va yonilg‘i, meva-sabzavotlar va energiya narxlari ko‘rsatilgan.

Daromadi ko‘plar inflatsiyani kuchliroq his qilmoqda

Daromadi 7 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining sezilgan inflatsiya darajasi nisbatan yuqori darajada shakllanmoqda.

1

Bu qatlamning kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari ham o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan yuqoriroq.

20 mln so‘mdan ko‘proq daromad qiladiganlar narxlar oshishini eng ko‘p his qilmoqda — 14,4 foiz. Ularning inflyatsion kutilmalari ham 14 foizdan ko‘proq shakllangan.

Shu bilan birga, 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda rasmiy inflatsiya atigi 7,3 foizni tashkil qilgan.

10–15 mln so‘m orasida daromad topuvchilar ham inflatsiyani nisbatan yuqoriroq (13,8 foiz) darajada his qilmoqda.

Inflatsiyani o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan kamroq his qilayotganlar 2 mln so‘mdan 7 mln so‘mgacha oylik daromad qiluvchilar bo‘lib turibdi.



Teglar

Mavzuga oid