add

Braziliyaning janubidagi tornado oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, sodir bo‘lgan kuchli tornado oqibatida yuzlab odamlar jarohat oldi va mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi.

Braziliyaning janubidagi tornado oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Reuters axborot agentligiga ko‘ra, 8-noyabr kuni Braziliyaning Janubida joylashgan Parana shtatida kuchli shamol va jala yomg‘ir bilan birga kelgan tornado katta vayronagarchilikka sabab bo‘ldi. Tabiiy ofat natijasida 6 kishi halok bo‘lib, yuzlab fuqarolar turli darajada tan jarohatlari olishgan.

Eng katta zarar Riu-Bonitu-du-Iguasu shahriga yetdi. Shahar hududining yarmidan ko‘pida binolarning tomlari qulagan va bir nechta inshootlar butunlay vayron bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 437 kishi jarohatlanib, tibbiy yordam olgan. Taxminan 1 ming aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Yaqinda joylashgan Guarapuava shahri ham tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan.

Qayd etilishicha, shamol tezligi soatiga 180–250 kilometrgacha yetgan. Bu mamlakat uchun so‘nggi yillardagi eng kuchli tornadolardan biri hisoblanadi.

Mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva X ijtimoiy tarmog‘ida Parana aholisiga yordam ko‘rsatilishini davom ettirilishini yozib, halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid

Braziliyaning janubidagi tornado oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi | Vaqt.uz