add

Britaniya Grenlandiyaga qo‘shin joylashtirishi mumkin

Kecha 14:312 daqiqa

Yevropa davlatlari Arktikada xavfsizlikni kuchaytirish orqali geosiyosiy keskinlikning oldini olishga intilmoqda.

Britaniya Grenlandiyaga qo‘shin joylashtirishi mumkin

Buyuk Britaniya hukumati Yevropa hamkorlari bilan birgalikda Grenlandiyaga harbiy kontingent yuborish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu tashabbus orol xavfsizligini ta’minlash va uning AQSH tomonidan qo‘shib olinishi ehtimolini cheklashga qaratilgan. Bu haqda hukumatdagi manbalarga tayanilgan holda The Telegraph xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, hozirda harbiy qo‘mondonlik Grenlandiyada NATO missiyasini shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqmoqda. Ushbu format oroldagi mavjud infratuzilmani kuchaytirish, qo‘shimcha harbiy imkoniyatlarni joylashtirish va mintaqaviy xavf-xatarlarga tezkor javob berishni ko‘zda tutadi.

Britaniya rasmiylari yaqin kunlarda Germaniya va Fransiyadagi hamkasblari bilan uchrashib, ehtimoliy harbiy joylashuv bo‘yicha tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. Manbalarga ko‘ra, reja hali dastlabki bosqichda bo‘lsa-da, Rossiya va Xitoydan kelayotgan strategik tahdidlar hisobga olinmoqda.

Muhokamalar doirasida Britaniya qo‘shinlari, harbiy-dengiz floti va aviatsiyasini joylashtirish variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu orqali Arktikadagi harakatlar muvofiqlashtirilib, xavfsizlik tizimi mustahkamlanishi mumkin.

Yevropa davlatlari Arktikadagi harbiy ishtirokni oshirish Donald Trampni Grenlandiyani anneksiya qilish g‘oyasidan voz kechishga undaydi, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, NATO missiyasi shakllansa, xavfsizlik xarajatlarining katta qismi Yevropa zimmasiga tushishi mumkin.

Agar AQSH NATO tashabbusini rad etsa, Yevropa Ittifoqi AQSH kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar tayyorlayotgani aytilmoqda. Cheklovlar texnologik gigantlar hamda moliyaviy institutlarga tegishli bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid