add

Centrum Air Samarqand—Dushanbe—Samarqand aviareyslarini to‘xtatdi

Bugun 16:251661

Aviakompaniya marshrutga bo‘lgan talabning pastligi sabab aviareyslarning to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Centrum Air Samarqand—Dushanbe—Samarqand aviareyslarini to‘xtatdi

3 oy davomida amalga oshirilgan Samarqand—Dushanbe—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar butunlay to‘xtatildi. Bu haqda Centrum Air aviakompaniyasining Tojikistondagi vakolatxonasiga tayanib, AsiaPlus xabar berdi.

Qayd etilishicha, parvozlarning to‘xtatilishiga mazkur yo‘nalishga bo‘lgan talabning pastligi sabab bo‘lgan.

«Yo‘lovchilar soni reysning kelgusida davom ettirilishi uchun yetarli emasdi. Hatto faol parvozlar davrida ham samolyot to‘liq to‘lmagan edi», dedi aviakompaniya vakolatxonasi.

Ta’kidlanishicha, kompaniya vakillari reysni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror vaziyatni puxta baholagandan so‘ng qabul qilingan. Kompaniyaning yaqin orada ushbu reysni qayta tiklash rejalari yo‘qligini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Centrum Air tomonidan Toshkent—Dushanbe—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Centrum Air Samarqand—Dushanbe—Samarqand aviareyslarini to‘xtatdi | Vaqt.uz