add

«Davlat muassasalarini egallang»: Tramp eronlik namoyishchilarga yordam va’da qildi

«Yordam yo‘lda. Eronni qaytadan buyuk qilamiz», — deya yozdi AQSH prezidneti o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoqda.

«Davlat muassasalarini egallang»: Tramp eronlik namoyishchilarga yordam va’da qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida kutilmagan bayonot bilan chiqdi. U o‘zining «Truth Social» tarmog‘idagi sahifasida eronlik namoyishchilarni faol harakatlarga chaqirib, davlat muassasalarini egallashga da’vat etdi.

trump truth 5

«Eron vatanparvarlari, namoyishlarni davom ettiring — o‘z muassasalaringizni egallang!!! Qotillar va zo‘ravonlarning ismlarini saqlab qo‘ying», — deya yozdi u.

AQSH prezidenti, shuningdek, eronlik rasmiylar bilan rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarni bekor qilganini bildirdi.

«Men namoyishchilarning bema’nilarcha o‘ldirilishi to‘xtamaguncha, Eron rasmiylari bilan barcha uchrashuvlarni bekor qildim. Yordam yo‘lda. Eronni qaytadan buyuk qilamiz», — deyiladi AQSH rahbarining murojaatida.

Avvalroq, butun Eron bo‘ylab ikki haftadan ortiq davom etayotgan norozilik namoyishlari vaqtida 2000 ga yaqin kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Erondagi norozilik namoyishlari o‘tgan yilning 28-dekabridan beri davom etmoqda. Ular milliy valuta kursining pasayishi fonida boshlandi va Eronda oyatulloh Ali Xomanaiy hukumatiga qarshi va umuman — 1979 yilgi inqilobdan keyin Islom Respublikasi tashkil etilganidan beri uning tarixidagi eng keng ko‘lamli qarama-qarshilikka aylandi.

AQSH prezidenti Donald Tramp avval boshdan namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va aksilhukumat aksiyalari ishtirokchilariga yordam berish uchun Tehronga bosim o‘tkazishning turli, jumladan, harbiy variantlarini ko‘rib chiqayotganini aytgan edi.

12-yanvarda norozilik namoyishlari fonida Tramp Eron bilan «biznes yuritayotgan» mamlakatlardan keladigan tovarlarga AQSH tomonidan 25 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. Shundan so‘ng, 13-yanvarda «Brent» nefti narxi ikki oylik maksimal darajaga yetdi.

Teglar

Mavzuga oid