Depozitlar qaysi banklarda ko‘proq oshmoqda?

Kecha 22:452 daqiqa

2026-yilning I choragida «Oriyent finans bank»dan tashqari barcha banklar depozit portfelida o‘sish kuzatildi. «Octobank» eng yuqori sarkashni qayd etdi.

Depozitlar qaysi banklarda ko‘proq oshmoqda?

O‘zbekiston bank tizimi jadal rivojlanishda davom etmoqda. 2025-yilning birinchi choragidan 2026-yilning mos davriga qadar banklardagi jami depozitlar hajmi 30,88 foizga o‘sib, 324,1 trln so‘mdan 424,2 trln so‘mga yetdi

Bu o‘sish aholi va biznesning bank tizimiga bo‘lgan ishonchi ortayotganini hamda iqtisodiyotdagi likvidlik ko‘payganini ko‘rsatadi. 

Solishtirilayotgan davrda «Milliy bank» depozitlar bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi. Bankning depozit portfeli 38 trln so‘mdan 53,4 trln so‘mgacha o‘sdi. 

«Kapitalbank» ham 44,9 trln so‘m bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. «Agrobank» esa depozitlarini 21,5 trln so‘mdan 34,9 trln so‘mga ko‘paytirib, oltinchi pog‘onadan uchinchi pog‘onaga ko‘tarildi. 

Bu uchta bank mamlakatdagi depozitlarning 30 foizini nazorat qilmoqda. 

rasm

Reytingda o‘rin bo‘yicha eng yuqori o‘sishni «Octobank» qayd etdi. Bank depozitlari 2025 yilning birinchi choragiga nisbatan 416 foizga oshib, 13,9 trln so‘mga yetdi. Natijada bank o‘z o‘rnini 22 pog‘onadan 12 pog‘onaga mustahkamladi. 

«Octobank» depozit portfeli o‘sishi biznes uchun berilayotgan depozitlar hisobiga shakllandi. Bir yilda bankning korporativ depozitlari 2 trln so‘mdan 13,4 trln so‘mgacha o‘sdi. 

Depozitlar miqdori bo‘yicha eng yuqori o‘sish esa «Milliy bank» (+15,4 trln) va «Agrobank»da (+13,3 trln) kuzatildi. «Octobank» bu borada uchinchi bo‘ldi. 

Raqamli ekotizim imkoniyatlaridan foydalangan holda «Uzum Bank» ham depozitlar miqdorini sezilarli oshirishga erishdi — 72,7 mlrd so‘mdan 1,2 trln so‘mgacha. 

Bundan tashqari, «Avo bank», «Garant bank», «Hayot bank» va «Apex bank» ham o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda depozitlarini yaxshigina oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 

«Oriyent finans bank» depozit portfeli 9,6 foizga yoki qariyb 1,1 trln so‘mga kamaydi va pasayish ko‘rsatgan mamlakatdagi yagona bank bo‘ldi. 

Teglar

Mavzuga oid