add

Dunyoda yangi milliarder paydo bo‘ldi: u 2011 yildan beri saqlab kelgan bitkoynlarini sotdi

Bugun 09:307101 Daqiqa

Bitkoynning dastlabki sarmoyadorlaridan biri — Ouen Ganden o‘z kriptoaktivlarini sotib, 1,3 mlrd dollar foyda qildi va dollardagi milliardlar qatoriga kirdi.

Dunyoda yangi milliarder paydo bo‘ldi: u 2011 yildan beri saqlab kelgan bitkoynlarini sotdi

2011 yildan buyon kriptovalyutalarga sarmoya kiritib kelgan Ouen Ganden o‘zining barcha bitkoynlarini sotib, bir necha oy ichida 1,3 mlrd dollarlik aktivlarini pulga aylantirdi. Bu haqda Cointelegraph manbasi xabar berdi.

Arkham Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, Gandenga tegishli kriptovalyuta hamyoni 21-oktabrdan buyon 11 000 bitkoynni sotgan. Faqat 22-noyabr kuni u Kraken birjasiga 2499 bitkoynni — 228 mln dollar qiymatdagi so‘nggi ulushini o‘tkazgan.

Ouen Ganden bitkoyn bozoridagi ilk arbitraj treyderlardan biri hisoblanadi. U 2014 yilgacha Mt. Gox va Tradehill birjalarida faol savdo qilgan. Arkham reytinglariga ko‘ra, u kripto dunyodagi sakkizinchi eng boy shaxs edi — uning aktivlari 561 mln dollar deb baholangan.

Gandenning chiqishi institutsional investorlar harakati bilan keskin qarama-qarshi. 19-noyabr holatiga ko‘ra, Bitcoin-ETF lardagi institutsional investorlar ulushi 40 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkich ikkinchi chorakda 27 foiz bo‘lgan. Root taxlilchisiga ko‘ra, bunday o‘sish 1119 ta yirik kompaniya tomonidan taqdim etilgan 13-F hisobotlariga asoslanadi.

Shu bilan birga, ETF lardan noyabr oyida 2,8 mlrd dollarlik mablag‘ chiqib ketgan bo‘lsa-da, institutsional sarmoyadorlar o‘z ulushlarini ushlab turibdi. Bu esa bitkoyn bozoridagi «bo‘ri davri» tugagani haqidagi xavotirlarga qaramay, katta sarmoyadorlar uzoq muddatli istiqbolga ishonchi borligini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

Dunyoda yangi milliarder paydo bo‘ldi: u 2011 yildan beri saqlab kelgan bitkoynlarini sotdi | Vaqt.uz