Eng ko‘p qaysi davlatlar O‘zbekiston mahsulotlarini xarid qilmoqda?

09.03.2026 | 17:561 daqiqa

2026 yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 1,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

Eng ko‘p qaysi davlatlar O‘zbekiston mahsulotlarini xarid qilmoqda?

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonning eksport hajmi 1,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,7 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p xarid qilgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi. Bu mamlakatga eksport hajmi 325,8 mln dollarga teng bo‘ldi. Rossiya bozori O‘zbekiston uchun asosiy tashqi savdo yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Xitoy esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatga 178,1 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan. Shu bilan birga, Afg‘oniston ham O‘zbekiston tovarlarini eng ko‘p import qilayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib, bu davlatga 136,7 mln dollarlik mahsulot yetkazib berilgan.

Yevropa davlatlari orasida Fransiya yetakchi xaridor sifatida qayd etildi. Ushbu mamlakatga eksport hajmi 103,6 mln dollarni tashkil etdi. Shuningdek, Turkiyaga 84,3 mln dollar, Qozog‘istonga 81,6 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Markaziy Osiyo davlatlari ham O‘zbekiston uchun muhim savdo sheriklari hisoblanadi. Jumladan, Qirg‘izistonga 46,5 mln dollar, Tojikistonga esa 45,7 mln dollarlik tovarlar yetkazib berilgan. Shu bilan birga, Birlashgan Arab Amirliklariga 41,4 mln dollar va AQSHga 32,1 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilning ilk oyida mamlakat tashqi savdo aylanmasi qariyb 6 mlrd dollarga yetganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid