add

Eng ko‘p yuz yoshdan oshgan aholi qaysi hududlarda yashaydi?

Bugun 21:206831 daqiqa

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 461 nafarga yetgan.

Eng ko‘p yuz yoshdan oshgan aholi qaysi hududlarda yashaydi?

2025 yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 461 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 100 yoshdan oshgan fuqarolarning 131 nafari erkaklar, 330 nafari esa ayollar hisoblanadi. Shu tariqa, uzoq umr ko‘ruvchilar orasida ayollar salmog‘i ancha yuqori ekani yana bir bor tasdiqlandi. Mutaxassislar bu holatni turmush tarzi, sog‘liqni saqlashga munosabat hamda ijtimoiy omillar bilan izohlaydi.

photo_2025-12-13_18-17-29

Hududlar kesimida eng ko‘p 100 yoshdan oshgan fuqarolar Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan. Viloyatda uzoq umr ko‘ruvchilar soni 73 nafarni tashkil etmoqda. Undan keyin Surxondaryo viloyati joylashib, bu hududda 69 nafar fuqaro 100 yoshdan oshgan.

Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyatida 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 41 nafardan, Andijon viloyati hamda Toshkent shahrida esa 38 nafardan ekani qayd etildi. Bu ko‘rsatkichlar aholi soni katta bo‘lgan hududlarda ham uzoq umr ko‘ruvchilar nisbati ma’lum darajada barqaror ekanini ko‘rsatadi.

Eng kam ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati va Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Navoiy viloyatida 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 11 nafarni, Sirdaryo viloyatida esa 13 nafarni tashkil etmoqda. Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu raqamlar tuman va shahar bo‘limlarida hisobda turgan fuqarolar asosida shakllantirilgan.

Teglar

Mavzuga oid