Ertadan Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar tiklanadi

Kecha 21:301 daqiqa

Reyslar jadvali e’lon qilindi.

Ertadan Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar tiklanadi

Birlashgan Arab Amirliklari aviatsiya rasmiylarining xabarnomasiga muvofiq, 2026-yil 19-martdan boshlab «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslarni tiklaydi.

«Avval bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari o‘z aviachiptalarini aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga bepul asosda qayta rasmiylashtirishlari mumkin», - deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.

Reyslar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

➖HY333 — Toshkent 07:15 → Dubay 11:00

➖HY334 — Dubay 12:30 → Toshkent 17:30

Ta’kidlanishicha, mintaqadagi joriy vaziyat munosabati bilan parvozlar barcha xavfsizlik talablari va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yangilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, 16-mart kuni Toshkentdan Dubayga yo‘l olgan ikki aviareys Dubay xalqaro aeroportiga qilingan dron hujumi oqibatida ortga qaytarilgandi.

Teglar

Mavzuga oid