add

Ertaga Paragvay Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Kecha 20:384071 daqiqa

U Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

Ertaga Paragvay Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11—13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Paragvay o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston prezidenti xabariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni o‘rnatishga alohida e’tibor qaratiladi.

Paragvay yetakchisi, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Teglar

Mavzuga oid