add

Farg‘onada kadastr agentligi xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Bugun 12:251261 daqiqa

U fuqarodan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerda qurilish qilgani uchun jarima solmaslik evaziga pora qilgan.

Farg‘onada kadastr agentligi xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida davlat xizmatchilari ishtirokida ikki yirik korrupsion holat aniqlandi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Rishton tumanida kadastr agentligi bo‘limi bosh inspektori fuqarolardan noqonuniy pul talab qilgani uchun DXX va huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, inspektor fuqaroning yashash hududida qo‘shimcha yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangani va qurilish qilingani uchun 84 million so‘m jarima solinishini aytgan.

Shundan so‘ng u fuqaroga jarima qo‘llamaslik va yerni qonuniylashtirib berish evaziga 400 AQSH dollari talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida inspektor xizmat binosi oldida pulni qabul qilib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holatda esa qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona 2025 yilning oktabr oyida “Farg‘ona suv qurilish invest” davlat muassasasining ma’muriy binosida 850 mln so‘mlik mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘tkazilgan shaffof tender tanlovida g‘olib chiqadi. Biroq, ushbu davlat muassasasi bosh muhandisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, xususiy korxonada mukammal ta’mirlash ishlarini boshlash uchun ruxsat berish evaziga xususiy korxona rahbaridan 5500 AQSH dollari talab qilishadi. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida yuqoridagi shaxslar 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid