add

Fransiya va AQSHda NATOdan chiqish masalasi ko‘tarilmoqda

Bugun 14:262 daqiqa

Parijda AQSH siyosatiga norozilik ortidan Fransiyaning NATOdan chiqishi haqida rezolyutsiya taklif etildi.

Fransiya va AQSHda NATOdan chiqish masalasi ko‘tarilmoqda

Fransiya parlamentida mamlakatning NATOdan chiqishiga doir rezolyutsiya loyihasi taqdim etildi. Tashabbus muallifi — Milliy assambleya vitse-prezidenti, «La France Insoumise» («Yengilmas Fransiya») partiyasi deputati Klemans Gette. Uning ta’kidlashicha, AQSH olib borayotgan tashqi siyosat Fransiya va butun Yevropa Ittifoqining strategik manfaatlariga zid kelmoqda.

Gette «Berliner Zeitung» nashriga bergan izohida Vashingtonni «ochiq imperiyachilik siyosati»da aybladi. Unga ko‘ra, AQSH Yevropa Ittifoqini vassal holatiga tushirib qo‘ygan va bu Fransiyaning alyans doirasida qolishini ma’nosiz qilib qo‘yadi. Deputat AQSHning suveren davlatlarga nisbatan tahdidlari, sanksion bosimi hamda NATO a’zolaridan Amerika harbiy-sanoat majmuasi manfaatlari yo‘lida xarajatlarni oshirish talablarini asosiy dalil sifatida keltirdi.

Rezolyutsiya muallifi fikricha, NATOdan chiqish Fransiyaga harbiy va diplomatik mustaqillikni qayta tiklash imkonini beradi. U bunday qaror mamlakatni xalqaro maydonda yakkalab qo‘ymasligini, aksincha, ko‘p tomonlama formatlar orqali ta’sirini kuchaytirishini ta’kidladi. Gette Fransiya tashqi siyosatida ekologiya, qurolsizlanish va jamoat manfaatlarini himoya qilish ustuvor yo‘nalishga aylanishi kerakligini bildirdi.

Ushbu mavzu fonida NATOning o‘zida ham noaniqlik kuchaymoqda. Alyansning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg «Der Spigel» nashriga bergan intervyusida AQSHning kelajakda NATOdan chiqish ehtimolini inkor etmadi. U 2025 yil dekabrda AQSH Kongressiga NATOdan chiqish bo‘yicha qonun loyihasi kiritilganini eslatib, «hech narsa abadiy emas», degan fikrni bildirdi.

Stoltenberg o‘z xotiralarida 2018 yilda Donald Tramp yopiq uchrashuvda AQSHning NATOdan chiqishi bilan tahdid qilganini ham qayd etgan.

Teglar

Mavzuga oid