Germaniyada ish tashlash sabab dorixonalar faoliyati cheklanadi — Bild

Bugun 19:121 daqiqa

23-mart kuni Germaniyada dorixona xodimlari umummilliy ish tashlash o‘tkazadi, bu ayrim shaharlarda dorixonalar faoliyatiga ta’sir qilishi kutilmoqda.

Germaniyada ish tashlash sabab dorixonalar faoliyati cheklanadi — Bild

23-mart kuni Germaniyada dorixona xodimlari umummilliy ish tashlash o‘tkazadi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. Aksiya moliyalashtirishdagi muammolar va xarajatlarning keskin oshishi sabab tashkil etilmoqda.

Qaysi hududlarda bo‘lib o‘tadi

Ish tashlash doirasida Berlin, Myunxen, Gannover va Dyusseldorf shaharlarida namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Soha vakillari mamlakatda dorixonalar tizimi uzoq yillardan beri qiyin ahvolda ekanini ta’kidlamoqda.

Ish tashlashga sabab

Federal dorixonachilar birlashmalari assotsiatsiyasi prezidenti Tomas Praysga ko‘ra, dorixona xodimlarining ish haqi so‘nggi bor 13 yil avval oshirilgan. Shu bilan birga, biznes yuritish xarajatlari 65 foizdan ortiqqa o‘sgan.

So‘nggi yillarda Germaniya iqtisodiyoti ham murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, uzoq davom etgan inqirozlar natijasida iqtisodiy yo‘qotishlar 1 trillion yevroga yaqinlashgan. 2025 yilda esa iqtisodiy o‘sish atigi 0,2 foizni tashkil etgan.

Assotsiatsiya ma’lumotiga ko‘ra, 2013 yildan beri mamlakatda dorixonalarning qariyb beshdan bir qismi yopilgan. Shu bois ayrim hududlarda dori-darmon ta’minoti muammolari kuzatilmoqda. Shu bilan birga, ish tashlash paytida navbatchi dorixonalar faoliyati davom etadi va aholi zarur dori-darmonlarsiz qolmasligi ta’kidlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid