Hafta davomida salqin va yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

Bugun 11:551 daqiqa

«O‘zgidromet» 13-17-aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Hafta davomida salqin va yomg‘irli ob-havo kutilmoqda © Javhar Chorshanbiyeva

O‘zbekistonda 13–17-aprel kunlari ob-havo sharoiti sezilarli darajada o‘zgaradi. «O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda respublika hududiga nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

14-aprelda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 15-17-aprelda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metrgacha kuchayadi, 14-15-aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

15-17-aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin +13...+16 darajagacha pasayadi.

Teglar

Mavzuga oid