add

Hafta ichida O‘zbekistonda havo keskin sovushi kutilmoqda

Kecha 08:184691

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, 3–6 noyabr kunlari mamlakatning ko‘pchilik hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda esa qor kuzatilishi kutilmoqda.

Hafta ichida O‘zbekistonda havo keskin sovushi kutilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 3 noyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +0…+5, kunduzi +7…+12 daraja bo‘ladi. 4–6 noyabr kunlari harorat 0…–5° gacha pasayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 4 noyabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +4…+9, kunduzi +13…+18, keyinchalik –2…+3° va +8…+15 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 3 noyabr kechga tomon va 4 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, keyin 5–6 noyabrda havo ochilib, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi +6…+11, kunduzi +13…+18, keyin –2…+3 va +8…+13 daraja oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 3–4 noyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi +6…+11, kunduzi +17…+22, keyingi ikki kunda 0…+5 va +12…+17 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 4 noyabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 5 noyabrda ayrim hududlarda tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kechasi +6…+11, kunduzi +15…+20, keyingi kunlarda –2…+3 va +8…+13 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 3–5 noyabr kunlari yomg‘ir yoki qor yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 0…+5, kunduzi +5…+12, keyingi kunlarda –8…–3 va –3…+2 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

Mutasaddilar 4–6 noyabr kunlari ayrim viloyatlarda shamol tezligi soniyasiga 12 metrgacha kuchayishi, shuningdek, tuman va nam havo sababli harakatda ehtiyotkorlik zarurligini eslatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Hafta ichida O‘zbekistonda havo keskin sovushi kutilmoqda | Vaqt.uz