Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi

Kecha 21:471 daqiqa

U 50 kg vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun puerto-rikolik Jonatan Gonsalesga qarshi jang qiladi.

Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi © Фото: НОК Узбекистон

Joriy yilning 17–19-aprel kunlari Bishkek shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda ikki karra Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov ham ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda WBA reytingida oltinchi o‘rinni egallab turgan charm qo‘lqop ustasi Hasanboy Do‘smatov 50 kilogramm vazn toifasida WBA'ning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun puerto-rikolik Jonatan Gonsalesga qarshi jang qiladi.

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘smatov professional ringdagi so‘nggi jangini 2025-yil 20-iyul kuni filippinlik raqibi Mark Antonioga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, uning professional boksdagi janglari soni 7 taga yetgan va ularning barchasi hamyurtimiz foydasiga hal bo‘lgan. Darvoqe, Jonatan Gonsales hisobida 29 g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat mavjud.

Teglar

Mavzuga oid