add

IIV Telegram'dagi «yangi yil firibgarlari»dan ogohlantirdi

Bugun 10:202 daqiqa

Oddiygina havola orqali bank kartangizdagi mablag‘larni qanday qilib qo‘ldan boy berishingiz mumkinligini bilib oling.

IIV Telegram'dagi «yangi yil firibgarlari»dan ogohlantirdi

Telegram ilovasi orqali yangi yil sovg‘alari niqobi ostida zararli havolalar tarqalmoqda. Agar foydalanuvchi bunday havolani ochsa, firibgarlar uning shaxsiy ma’lumotlari va bank kartalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ogohlantirilishicha, hozirda firibgarlarning asosiy quroli texnik hiyla-nayranglar emas, balki ijtimoiy muhandislik, ya’ni inson emotsiyalari bilan manipulyatsiya qilishdir. Hamkasb, qarindosh yoki do‘stlardan tabrik olishni kutish odamni hushyorligini pasaytiradi.

Zamonaviy firibgarlik usullari juda murakkablashgan.

Endi gap oddiy «Apk.», «.exe» kabi fayllar haqida emas.

«Bugun siz messenjer yoki ijtimoiy tarmoq orqali interaktiv tabrikka o‘xshatilgan fishing saytga olib boradigan havolani olishingiz mumkin. Yoki go‘yoki «yuklanmayapti» deb ko‘rsatiladigan chiroyli Gif-fayl yuborilib, uni ko‘rish uchun yangilash «obnovleniya» taklif etiladi», - deyiladi markaz xabarida.

Yana bir ommaviy ssenariy — «yetkazib berish xizmati» nomidan yuborilgan xat bo‘lib, unda «yangi yil sovg‘asini»ni olish uchun ilova — «yuk xati»ni yuklab olib ochish talab qilinadi.

Bunday usullar insonning qiziquvchanligi va bayram kayfiyatiga qo‘shilish istagiga ta’sir qiladi.

Kiberxavfsizlik markazi firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun bir nechta tavsiyalar berdi;

— Birinchidan, har doim manbaga e’tibor bering. Bu insonni tanisizmi? Undan havola yoki fayl yuborilishini kutganmidingiz? Agar yo‘q bo‘lsa, eng to‘g‘ri yo‘l — ilovani ochmaslik.

— Ikkinchidan, fayl formatiga qarang. Hatto rasm yoki video sifatida niqoblangan fayllar ham xavfli bo‘lishi mumkin. Media uchun xavfsiz formatlar: .jpg, .png, .gif, .mp4, .webm. ., .scr, .bat, .msi formatlari, shuningdek ichida zararli dasturlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan .zip va .rar arxivlaridan ehtiyot bo‘ling.

— Uchinchidan, havolalar uchun «yetti marta tekshir» qoidasi amal qiladi. Agar qisqa yoki shubhali havola orqali o‘tish taklif qilinsa, uni bosmaslik yaxshiroq.

— Bundan tashqari, oziq ovqat mahsulotlari, yangi yil archasi, o‘yinchoqlar hamda boshqa turli buyumlarni arzon narxlarda sotilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni joylab, uni xarid qilish istagini bildirgan fuqarolarga pullarni oldindan to‘lab berishlarni aytishadi. Mahsulot pulini oldindan to‘lagan zahotingiz ular akkauntlarni o‘chirib yuborib sizni blokka qo‘yib, g‘oyib bo‘lishadi. Internetda xaridlarni amalga oshirayotganingizda hech qachon pullarini oldindan to‘lab bermang!

Teglar

Mavzuga oid