IMEI kodlari bo‘yicha tadbirkorlar ogohlantirildi

Bugun 12:351 daqiqa

IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda tadbirkorlar mas’uliyati va qonun talablari haqida muhim ma’lumot berildi

IMEI kodlari bo‘yicha tadbirkorlar ogohlantirildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan mobil qurilmalarning IMEI kodlari tizimda ro‘yxatdan o‘tmagani va xariddan keyin qayta ro‘yxatdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelayotgani bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.

IMEI kodlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil davomida iste’molchilardan ushbu masala yuzasidan jami 147 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 55 tasi ijobiy hal etilgan, 89 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tasi esa vakolatli organlarga yo‘naltirilgan.

O‘rganishlar natijasida «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari yana bir bor eslatildi. Shuningdek, kafolat muddati davomida mahsulotning normal ishlashi ta’minlanishi shart.

IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish kimning zimmasida?

Vazirlar Mahkamasining 778-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yuklatiladi. Ya’ni IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi yoki sotuvchi tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi tovarni erkin tanlash va uning sifatini talab qilish huquqiga ega. Shu bilan birga, sotuvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlarni majburiy tarzda yuklashga yo‘l qo‘yilmaydi. IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati iste’molchiga emas, balki tovarni bozorga olib kirgan subyektga tegishli.

Qo‘mita ta’kidlashicha, agar tadbirkorlar mazkur talablarga amal qilmasa va iste’molchilar huquqlari buzilsa, belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llaniladi.

Teglar

Mavzuga oid