add

«Jasoratli va uzoqni ko‘zlab qilingan»: Netanyahu To‘qayevga rahmat aytdi

Kecha 21:301 daqiqa

Qozog‘iston prezidenti va Isroil bosh vaziri o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvga tayyorgarlik boshlandi.

«Jasoratli va uzoqni ko‘zlab qilingan»: Netanyahu To‘qayevga rahmat aytdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Isroil tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Akorda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tomonlar ikki taraflama va ko‘p taraflama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini aytgan.

Shuningdek, oliy darajadagi tashriflarni tayyorlash maqsadida yaqin aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Ta’kidlanishicha, Netanyahu To‘qayevga Qozog‘istonning «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shilgani uchun minnatdorlik bildirgan. U ushbu qadamni «jasoratli va uzoqni ko‘zlab qilingan» deb atagan.

Teglar

Mavzuga oid