add

Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi

Kecha 19:464222 Daqiqa

Saida Mirziyoyeva farmoyishi bilan Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili bo‘ldi.

Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.

Asadovga ko‘ra, Allamjonov yangi vazifalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, Komil Allamjonov 1984 yilning 18-sentabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. Ilk faoliyatini O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi – “Yoshlar” teleradiokanalining “Davr” informatsion ko‘rsatuvida boshlagan.

2005-2013 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlagan. Allamjonov 2017 yilning 1-dekabridan 2018 yilning 3-oktabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yilning 29-noyabr kuni u Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. 2020 yilning yanvar oyida ushbu lavozimni tark etdi va Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi bo‘ldi. 2022 yil iyulda esa Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 2023 yil avgust oyida esa u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi. 2024 yildan beri prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Teglar

Mavzuga oid

Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi | Vaqt.uz