add

Korzinka yoki Uzum – qaysi ko‘proq soliq to‘lagan?

Bugun 18:558601

Savdo korxonalari tomonidan to‘langan soliq miqdori, tovar aylanmasi va ularga berilgan imtiyozlar ma’lum qilindi.

Korzinka yoki Uzum – qaysi ko‘proq soliq to‘lagan?

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 149 686 ta yuridik shaxs tomonidan 25,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

soliq



Ma’lumotlarga ko‘ra, bu davr mobaynida savdo kompaniyalarining tovar aylanmasi 581,5 trln so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, ularga 9 oy davomida 4,7 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan.

Jami to‘langan soliq miqdorining 2 trln so‘mi yoki 8,1 foizi 20 ta korxona ulushiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 40 trln so‘mni, olgan soliq imtiyozlari esa 246,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Jumladan, eng ko‘p soliq to‘laganlar ro‘yxatida yetakchi uchtalikda quyidagi kompaniyalar turibdi:

«Anglesey Food» MCHJ XK (Korzinka) 295,6 mlrd so‘m;

«Total Oil Invest» MCHJ (TotalEnergies) 211,4 mlrd so‘m;

«Uzum Market» MCHJ XK (Uzum) 174,5 mlrd so‘m.

Avvalroq umumiy ovqatlanish korxonalari orasida KFC, EVOS va Oqtepa Lavash eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid

Korzinka yoki Uzum – qaysi ko‘proq soliq to‘lagan? | Vaqt.uz