Kubada bir haftada ikkinchi blekaut kuzatildi

Bugun 16:551 daqiqa

Kubada bir hafta ichida ikkinchi marta butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti to‘liq uzildi, qariyb 10 million aholi yana energiyasiz qoldi.

Kubada bir haftada ikkinchi blekaut kuzatildi

Kubada umummilliy miqyosda yana elektr ta’minoti to‘liq uzildi. Mamlakat energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, elektr tizimidagi uzilish 21-mart kuni mahalliy vaqt bilan 18:32 da sodir bo‘lgan. Hozirda tizimni qayta tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu uzilish natijasida deyarli 10 million aholi yana elektr energiyasisiz qolgan. Mamlakat bosh vaziri Manuel Marrero Krus tiklash ishlari murakkab sharoitda olib borilayotganini bildirgan. Shuningdek, pik vaqtda 1,7 MWgacha elektr energiyasi tanqisligi kuzatilishi kutilgan.

Bu hafta ichidagi ikkinchi yirik uzilish hisoblanadi. Avvalroq, 16-mart kuni ham butun mamlakat elektr ta’minotisiz qolgan edi. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda mamlakatda uzluksiz ravishda elektr uzilishlari kuzatilmoqda va ayrim holatlarda aholi bir necha kun davomida yorug‘liksiz qolgan.

Energetik inqiroz ta’siri

Energetik inqiroz aholi hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari buzilib ketmoqda, aloqa va internet tizimlari ishdan chiqmoqda, shifoxonalar xizmatlarini qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Ta’lim muassasalarida darslar bekor qilinmoqda, yoqilg‘i yetishmasligi tufayli chiqindilar to‘planib qolmoqda.

Mutaxassislar ushbu holatni neft ta’minotidagi uzilishlar va iqtisodiy bosimlar bilan izohlamoqda. Xususan, so‘nggi oylarda Kubaga xorijdan neft yetkazib berish to‘xtagani energetika tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu esa mamlakatdagi mavjud muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid