add

Mashina bozori qulamoqda: faollik 28 foizga pasaydi

Bugun 18:26322

Markaziy bankning moliyaviy barqarorlik sharhiga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarim yilligida yengil avtomobillar ishlab chiqarish o‘sishda davom etgan bo‘lsa-da, import hajmlari va ichki oldi-sotdi shartnomalarida keskin pasayish kuzatilgan.

Mashina bozori qulamoqda: faollik 28 foizga pasaydi

2025 yil yanvar–iyun oylarida mamlakatda 185,6 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 5 foizga ko‘p.

Biroq ishlab chiqarishdagi o‘sish ichki talab bilan ta’minlanmadi va bozor faolligi umumiy tarzda pasayishda davom etdi.

Bu davrda O‘zbekistonga 24,1 mingta yengil avtomobil import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga kamdir.

Ekspertlar fikricha, valuta bozoridagi beqarorlik, tashqi bozorlardagi narx oshishi, aholi xarid qobiliyati pasayishi kabi omillar import hajmining qisqarishiga olib kelgan.

Avtomobil oldi-sotdi shartnomalari 2025 yilning dastlabki olti oyida 2024 yilning mos davriga nisbatan 28 foizga kamaygan. Bu talabning ancha pasayganini va bozorda likvidlikning kamayganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, avtokreditlar segmentida rasmiy konsentratsiya xavfi qisqargan, xususan, avtokreditlar qoldig‘i — 37,1 trln so‘mni tashkil etib, jami kredit portfelidagi ulushi 6 foizga yetgan. Ammo ayrim banklarda konsentratsiya cheklovlarini aylanib o‘tish orqali tartibga solish arbitraji kuzatilayotgani qayd etilgan. Bu avtokreditlar segmentida kelajakda xatarlarni oshirishi mumkin.

Talab nega tushdi?

Bozordagi pasayish quyidagi asosiy omillar bilan izohlanmoqda:

- aholi qarz yukining o‘sishi — kreditlar bo‘yicha to‘lovlar talabni cheklamoqda;

- kredit siyosatining ehtiyotkorlashuvi — banklar avtokredit berishni qattiqlashtirmoqda;

- avtomobil narxlarining yuqoriligi — ichki va tashqi omillar ta’siri;

- inflatsiya xavotirlari — aholi katta sarf-xarajatlarni kechiktirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Mashina bozori qulamoqda: faollik 28 foizga pasaydi | Vaqt.uz