add

Maykl Seylor: 2035-yilda bitkoyn oltindan qimmat aktiv bo‘ladi

Bugun 19:501631

Strategy rahbari Maykl Seylorning fikricha, bitkoyn 2035-yilga borib oltindan ham qimmat va mustahkam aktivga aylanishi mumkin.

Maykl Seylor: 2035-yilda bitkoyn oltindan qimmat aktiv bo‘ladi

Seylor Yahoo Finance nashriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, bitkoynning 21 millionlik cheklangan tarkibi uni oltindan ustun qiladi. Uning fikricha, kriptovalyuta yillar davomida kamyoblashib, uzoq muddatli sarmoya sifatida yanada jozibador bo‘lib boradi.

Seylorning prognoziga ko‘ra, 2035-yilga kelib bitkoynlarning 99 foizi «qazib» olinadi. Shu sababli, u buni «0,99 yili» deb ataydi va keyingi 1 foiz bitkoyn 100 yil davomida asta-sekin bozorga chiqariladi. Bu holat esa valyutada kuchli taqchillik yuzaga keltirib, unga bo‘lgan talabni oshiradi.

Hozirda bitkoynning bozor kapitali taxminan 1,9 trln dollarni tashkil etadi. Oltinning umumiy kapitali esa 29 trln dollardan ortiq. Ushbu farqni yo‘qqa chiqarish uchun 1 bitkoyn narxi kamida 1,4 mln dollarga yetishi lozim. Seylor bu maqsadga yetilishini deyarli aniq, deb hisoblaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik moliyaviy institutlar bitkoynni raqamli oltin sifatida qabul qilmoqda. Sarmoyadorlar uchun buni yutuq deb atayotgan Seylor, «endi sotib olish uchun kech qolmaslik kerak», deb ogohlantiradi. Uning 2025-yil oxirigacha bitkoyn 150 000 dollarga yetishi haqidagi prognozi ham shunday optimistik ruhda aytilgan.

Biroq 13-noyabr kuni bitkoyn narxi pasayishga yuz tutdi va 15-noyabr tonggi holatiga ko‘ra 95 782 dollar darajasida turibdi. Ethereum esa so‘nggi 24 soatda 10 foiz arzonlashib, 3176 dollarga tushdi.

Teglar

Mavzuga oid

Maykl Seylor: 2035-yilda bitkoyn oltindan qimmat aktiv bo‘ladi | Vaqt.uz