«Metan zapravkalar» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Bunga O‘zbekiston hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi sabab bo‘lgan.
© Foto: Vaqt.uzHavo harorati pasayishi sababli 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
«Respublika hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab oshdi. Shu bois magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda. Shunday hollarda birinchi navbatda aholi xonadonlari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan, bugun, 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha Respublikamizdagi «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi», - deyiladi xabarda.
Vazirlikka ko‘ra, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi.





