
«Metan zapravkalar» faoliyatiga ertadan yana cheklovlar joriy qilindi
8-yanvardan boshlab respublika bo‘ylab Avtomobillarga metan gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi.

O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilayotgani sabab “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilayotganligi sababli bir qator zarur choralar ko‘rilmoqda. Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash uchun mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
8-yanvardan boshlab metan “zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yurita boshlaydi. Farg‘ona vodiysida “zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqib, “metan zapravkalar”ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi.
“Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz“, -deyiladi xabarda.





