add

Mikromoliya xizmatlari hajmi 9 oyda 104 trln so‘mga yetdi

Bugun 22:211181 daqiqa

2025 yil yanvar–sentabr oylarida mikromoliya bozori sezilarli kengayib, uning kreditlar bozoridagi ulushi 34 foizdan oshgan.

Mikromoliya xizmatlari hajmi 9 oyda 104 trln so‘mga yetdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida mikromoliya xizmatlari hajmi 104 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 barobar ko‘pdir.

Bozordagi asosiy ulushni banklar egallab, ularning hissasi 79,5 foizni tashkil qiladi. Mikromoliya tashkilotlari ulushi 18,5 foiz, lombardlar hissasi esa 2 foizga teng.

Hisobot davrida mikromoliya tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan 19 trln so‘mlik xizmatlarning 73 foizi yoki 13,9 trln so‘mi uchta yirik tashkilotga to‘g‘ri kelgani qayd etilgan.

Yilning birinchi to‘qqiz oyida jami 83 trln so‘mlik mikroqarzlar va 21 trln so‘mlik mikrokreditlar ajratilgan. Mikroqarzlar umumiy portfelning 80 foizini tashkil etib, bir yil ichida 6 foiz bandga o‘sgan. Mikrokreditlar ulushi esa 20 foiz darajasida shakllangan.

Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi — 64 foiz. Eng yuqori o‘sish sur’atlari ham Toshkent shahrida, shuningdek Qashqadaryo va Xorazm viloyatida kuzatilgan.

Teglar

Mavzuga oid