add

Moskvada mehnat bozoridagi tanqislik 500 ming mutaxassisga yetdi

Kecha 13:223242 daqiqa

Sergey Sobyanin Rossiya poytaxti iqtisodiyotida barcha tarmoqlarda 500 mingga yaqin kadr yetishmayotganini bildirdi. Eng katta talab yuqori malakali ishchi kasblarga to‘g‘ri kelmoqda.

Moskvada mehnat bozoridagi tanqislik 500 ming mutaxassisga yetdi

Moskva meri Sergey Sobyanin «Moskva 24» telekanaliga bergen intervyusida poytaxt mehnat bozorida kadrlar yetishmovchiligi barcha sektorlarda sezilarli og‘irlashganini bildirdi. Uning aytishicha, umumiy tanqislik 500 ming atrofida bo‘lib, ularning 70 foizi aynan ishchi mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarga to‘g‘ri keladi.

«Ishchi kasblar bo‘yicha muammo har doim bor edi, lekin bugun u yanada qat’iylashdi», — deya ta’kidladi Sobyanin.

Moskva meriga ko‘ra, bunday holat demografik omillar, iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishi va ta’lim tizimidagi tarixiy nomutanosiblik bilan bog‘liq. Uning ta’kidlashicha, uzoq yillar davomida oliy ma’lumotli mutaxassislar ortiqcha tayyorlangan, kollej bitiruvchilari esa kamayib ketgan. «Endilikda bu piramidani teskari qilib, ishchi kadrlar tayyorlashni kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz», — dedi Sobyanin.

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil avgust oyida Rossiyada ishsizlik darajasi 2,1 foizga tushib, tarixiy minimumga yetgan. 2024 yil dekabrida hukumat mamlakat bo‘ylab yuqori malakali kadrlar tanqisligini 1,5 mln kishi deb baholagan — ayniqsa qurilish, transport va kommunal sohalarda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mehnat bozoriga bosim migratsiya cheklovlari va Ukrainadagi urush sababli ham kuchaygan. Birinchi yilda frontga 300 ming, keyingi ikki yilda yana 740 mingga yaqin kishi chaqirilgan. Shu bilan birga, mobilizatsiya va siyosiy norozilik tufayli 650 mingdan 1,1 mlngacha bo‘lgan yuqori malakali aholi mamlakatni tark etgan, deb hisoblanadi. «Crocus City Hall» savdo markazida sodir etilgan terrorchilik aktidan so‘ng kiritilgan qat’iy migratsiya qoidalari Markaziy Osiyodan ishchi kuchi oqimini kamaytirib, tanqislikni yanada kuchaytirgan.

Demografiya ham maromda qisqarib bormoqda: 2024 yilda tabiiy kamayish 596 mingdan oshdi. Rosstat prognoziga ko‘ra, 2046 yilga borib Rossiya aholisi 130,6 mln nafargacha kamayishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid