Naqdsiz oldi-sotdi islohotining ijara bozoriga ta’siri ma’lum qilindi

Bugun 13:152 daqiqa

Uy-joy oldi-sotdi jarayonlarining naqdsiz shaklga o‘tishi Toshkent ijara bozoriga qanday ta’sir qilgani OLX platformasidagi 1,7 milliondan ortiq e’lonlar asosida tahlil qilindi.

Naqdsiz oldi-sotdi islohotining ijara bozoriga ta’siri ma’lum qilindi © vaqt.uz

Toshkent shahrida uy-joy oldi-sotdisida hisob-kitoblarning naqdsiz shaklga o‘tkazilishi ijara bozorida keskin narx o‘sishiga sabab bo‘lmadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlilida ma’lum qilindi.

Tadqiqot OLX platformasidagi 1,7 milliondan ortiq e’lonlar asosida o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, 2026 yil aprel oyida Toshkentdagi umumiy median ijara narxi 550 dollar darajasida saqlanib qolgan. Bu mart oyiga nisbatan ham, 2025 yil apreliga nisbatan ham o‘zgarmagan.

1

Manba: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

E’lonlar sonida ham keskin burilish kuzatilmadi:

2026 yil yanvar-mart o‘rtacha: 22,6 ming;

2026 yil aprel: 22,8 ming;

O‘zgarish: +0,8 foiz.

Xonalar kesimida esa bozor ancha farqli harakat qilmoqda:

1 xonali: 400 dollar, yillik o‘sish +14,3 foiz;

2 xonali: 550 dollar, yillik o‘sish +10,0 foiz;

3 xonali: 700 dollar, yillik pasayish -12,5 foiz;

4+ xonali: 850 dollar, yillik pasayish -26,1 foiz.

Nisbatan qimmat hududlar:

Mirobod: 800 dollar;

Shayxontohur: 750 dollar;

Yakkasaroy: 700 dollar;

Nisbatan arzon hududlar:

Bektemir: 390 dollar;

Sergeli: 400 dollar;

Uchtepa: 400 dollar;

Narx qimmatlayotgan hududlar:

Olmazor: +12,5 foiz;

Mirzo Ulug‘bek: +9,1foiz;

Premium hududlarda narxlarda pasayish kuzatilmoqda:

Shayxontohur: -25,0 foiz;

Mirobod: -11,1foiz;

Yakkasaroy: -6,7 foiz.

2

Manba: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

Mutaxassislar qayd etishicha, aprel oyi islohotdan keyingi dastlabki davr bo‘lgani uchun bozordagi uzoq muddatli o‘zgarishlarni baholashga hali erta. Asosiy tendensiyalar 2026 yilning ikkinchi va uchinchi choraklari yakunlarida yanada aniqroq shakllanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 2026 yil mart oyi holatiga ko‘ra uy-joy ijarasining o‘rtacha narxi har bir kvadrat metr uchun 8,9 dollarni tashkil etgan. Mart oyidagi ko‘rsatkich fevral oyiga nisbatan 2,7 foizga oshgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,8 foizlik o‘sishni qayd etgan.

Teglar

Mavzuga oid