OKMKda sun’iy intellekt 12,6 milliard so‘m tejashga yordam berdi

Bugun 17:594 daqiqa

OKMK mutaxassislari yaratgan EM AI tizimi texnikalar buzilishini oldindan aniqlamoqda. Sun’iy intellekt yordamida kombinat 12,6 mlrd so‘m iqtisodiy samaraga erishdi.

OKMKda sun’iy intellekt 12,6 milliard so‘m tejashga yordam berdi

Bugun sun’iy intellekt barcha sohalarga jadallik bilan kirib bormoqda. Ayniqsa, sanoat korxonalarida sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi yuqori samaradorlikni ta’minlab, qator qulayliklar yaratmoqda. Xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.  Kombinat mutaxassislari tomonidan  yaratilgan «EM AI (Lab)», «EM AI (Tyre)» va «EM AI (Oil)» dasturlari hozirda texnologik jarayonlariga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda.

УТТ (1)

Mazkur yangi avlod intellektual tizimi transport texnika vositalariga xizmat ko‘rsatishda an’anaviy yondashuvdan bashoratli boshqaruv modeliga o‘tishni ta’minlaydi. Bugungi kunda  bu dasturlar, texnikaning intellektual diagnostikasi, buzilishlarni bashoratli tahlil qilish va prognozlash, laboratoriya jarayonlarini raqamlashtirish, texnika va agregatlarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, ma’lumotlar asosida resurslarni boshqarish (moylar, shinalar, uzellar) imkonini beradi.

Shuningdek, real vaqt rejimida onlayn monitoring, uskunalarning raqamli egizaklarini shakllantirish, texnikaning hayotiy siklini boshqarish, ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlarni boshqarish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Natijada shunday tizim shakllanmoqdaki, unda texnika to‘liq shaffof, boshqariladigan va bashorat qilinadigan bo‘ladi.

EM AI (Lab) tizimi - laboratoriya va operatsion ma’lumotlarni yagona raqamli muhitga birlashtiruvchi aqlli platforma hisoblanadi. Hozirgi vaqtda EM AI (Lab) tizimini faol joriy etish ishlari olib borilmoqda, u yakuniy bosqichda.

УТТ (2)

Tizim to‘liq foydalanish tarixiga ega bo‘lgan texnikaning raqamli pasportlarini shakllantirish, laboratoriya jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, qog‘oz hujjat aylanishidan voz kechish, QR-kodlardan foydalangan holda namunalarni olish va hisobga olishni avtomatlashtirish, laboratoriya va foydalanish ma’lumotlarini integratsiyalashni ta’minlaydi.

Bundan tashqari, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda tizim, texnikalarning eskirishini dastlabki belgilarini aniqlaydi.  Ya’ni, SI yordamida transport vositasini ish rejimi qayd etib boriladi. Texnikaning ehtiyot qismlari nosoz holatga kelishdan oldin xabar bera oladi. Bu muhandislik xizmatlari uchun tahliliy xulosalar va tavsiyalarni shakllantiradi. Natijada transport buzilishining oldi olinadi. Mazkur tizim yordamida 1 oy ichida 3 ta avtosamosvallarning dvigatellari ishdan chiqishining oldi olindi. SI bergan tavsiyalardan kelib chiqib avtosamosvallar to‘xtatilib,  tekshirilganda haqiqatdan ham buzilishlar aniqlandi. Natijada ma’lum bir ehtiyot qismlar almashtirildi va dvigatellar saqlab qolindi. Buning natijasida 12,6 mlrd so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishildi.

УТТ (6)

E’tiborli jihati shundaki, kombinat mutaxassislari ishlab chiqqan texnologiyalar turli sanoat korxonalarida ham joriy etilishi mumkin. Bu esa sezilarli iqtisodiy samarani ta’minlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning yangi standartini shakllantiradi.

Bu yerda gap faqat texnologiyalarni joriy etish haqida ketayotgani yo‘q.  Aslida, yangi sanoat modeli shakllanmoqda, unda boshqaruv ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi, xavflar oldindan bashorat qilinadi va samaradorlik boshqariladigan tizimga aylanadi.

Tizimni rivojlantirish uchun mutaxassislar quyidagi  ixtisoslashtirilgan yechimlarni joriy etishdi.

Jumladan, EM AI (Oil) dasturi — sarfni nazorat qilish, og‘ishlarni aniqlash va agregatlar holatini bashorat qilishni ta’minlaydigan moylar va moylash materiallarini intellektual boshqarish tizimi hisoblanadi. Tizim moy almashtirish oraliqlarini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va texnikaning xizmat muddatini uzaytirish imkonini beradi.Tizimda moylar hisobini yuritib, kirim-chiqim operatsiyalarini avtomatlashtirish, hamda hisobotlarni shakllantirish imkonini ta’minlaydi. Bu esa resurslardan samarali foydalanish va moliyaviy nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, EM AI (Tyre) dasturi — shinalar holatini monitoring va tahlil qilish tizimi bo‘lib, real vaqtda parametrlarni nazorat qiladi, eskirishni bashorat qiladi va avariya xavfini kamaytiradi. Tizim shinalar hisobi va ehtiyojini rejalashtirishni ta’minlab, ombor qoldiqlarini yuritadi, sarfni kuzatadi va kelgusi talabni aniq hisoblash imkonini beradi.

Barcha yechimlar yagona raqamli ekotizimga birlashtirilgan va sinxron ishlaydi, bu esa tahlilning aniqligi va boshqaruv qarorlarining sifatini oshiradi.

Bu hali boshlanishi. Jamoa aniq strategik qarashga va katta rivojlanish salohiyatiga ega. Yechimlarni takomillashtirish, ishlab chiqarishga joriy etish va ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Bu tizimlar OKMKning «Raqamli OKMK-2030» strategiyasi doirasida ishlab chiqarishni to‘liq raqamlashtirish yo‘lidagi muhim qadamlari hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida.

Teglar

Mavzuga oid