
Oktyabrda O‘zbekistonning qaysi hududlarida iste’molchilar ko‘proq keshbek oldi?
2025 yilning oktabr oyida 4810 nafar iste’molchi xarid cheklarini Soliq ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda oktabr oyining o‘zida iste’molchilarga 144,6 mln dona chek uchun jami 140 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, oktabr oyida to‘langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri keldi:
Toshkent shahri – 56,2 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati – 16,5 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati – 9,5 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati – 8,6 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8,4 mlrd so‘m.
Ma’lumot uchun, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida 1,1 mlrd dona chek uchun iste’molchilarga jami 1,2 trln so‘m keshbek berilgan. 10 oyda eng ko‘p keshbekka quyidagi hududlar ega bo‘lgan:
Toshkent shahri – 479,6 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati – 134,9 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati – 86,3 mlrd so‘m.





