add

Ostonada Hongkong grippi tez sur’atda tarqalmoqda

Bugun 19:553101

Ostona aholisi orasida virusli kasalliklar keskin oshgan. Shaharda keng tarqalayotgan holatlarning asosiy qismi Gonkong grippi bilan bog‘liq.

Ostonada Hongkong grippi tez sur’atda tarqalmoqda

Qozog‘istonning Ostona shahri aholisi orasida virusli kasalliklar ko‘paygan. Laboratoriya nazorati davomida ORVI va gripp belgilari bilan murojaat qilgan bemorlardan olingan 285 ta namuna tekshirib ko‘rilganda ularning 116 tasida A turidagi gripp virusi — A(H3N2) aniqlangan. Bu haqda Ostona bosh davlat sanitariya shifokori Oygul Shagaltayeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, A(H3N2) yoki Hongkong grippi yuqumdorligi baland, tez mutatsiyaga uchraydigan va har mavsumda epidemiyalar keltirib chiqarishi bilan tanilgan virus hisoblanadi. U 1968 yilda Hongkongda birinchi marta qayd etilgan va o‘sha yili dunyo bo‘ylab taxminan 1 million inson hayotiga zomin bo‘lgan pandemiyani keltirib chiqargan. Shundan beri virus har yili aylanib, yangi ko‘rinishlarga o‘tib, mutatsiya uchrab kelmoqda. Bu esa uning tarqalishini oldindan bashorat qilishni qiyinlashtiradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy epidemik mavsumda uchta asosiy gripp shtammi — A(H1N1), A(H3N2) va B viruslari dolzarb hisoblanadi. Oygul Shagaltayevaga ko‘ra, ushbu shtammlar mavsumiy grippga qarshi vaksina tarkibiga kiritilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Ostonada Hongkong grippi tez sur’atda tarqalmoqda | Vaqt.uz