
O‘zbekiston 9 oyda 40 mingdan ziyod elektromobil import qildi
2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan elektromobillar import qilindi.

2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonga jami 40 345 dona elektromobil olib kirilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, import qilingan elektromobillarning umumiy qiymati 473 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan.
O‘zbekistonga elektromobil yetkazib beruvchi davlatlar soni 16 tani tashkil etdi. Ularning asosiy qismi Xitoydan keltirilgan. Ya’ni, Xitoy O‘zbekiston bozoriga 39 798 dona elektromobil yetkazgan.
Shuningdek, Gonkongdan 249 dona, Koreya Respublikasidan 165 dona, Germaniyadan 43 dona, AQSHdan 25 dona va boshqa mamlakatlardan 65 dona elektromobil import qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, 2024 yilning shu davriga nisbatan elektromobil importi 23 671 donaga yoki taxminan 1,5 barobarga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga elektromobillarni ham qo‘shib hisoblaganda jami 56 337 ta yengil avtomobil import qilingan.





